Poytaxt «to‘q sariq» xavf darajasiga chiqdi
Toshkent havosi dunyoning shaharlari orasida ifloslanish reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Poytaxt havosi dunyoning shaharlari orasida ifloslanish reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi “Uzb_Meteo” kanali.
Nam havo oqimlarining kirib kelishidan oldin pastdan yuqoriga sezilar-sezilmas kuch hisobiga poytaxt havosida mayda dipers chang zarrachalari bilan ifloslanish ortgan.
AQI platformasida poytaxt havosining sifat darajasi 144 birlik bilan baholanmoqda. Bu «to‘q sariq» xavf darajasiga ega.
Elatib o‘tamiz, O‘zgidromet 11 sentyabr kuni joylarda chang to‘zonlar kutilishi haqida prognoz qilgan.







