Samarqandda pomidorning eng shirin navi yaratildi
Uning shirinlik darajasi 7 foizga teng.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi.
Ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.
Olimlar yaratgan yangi navning shirinlik darajasi 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.







