O'zbekiston

2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 mlrd ajratiladi

“Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni taʼmirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi”, — deydi Prezident.

2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 mlrd ajratiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yo‘l xo‘jaligini boshqarish, yo‘llarni loyihalash, qurish va saqlash tizimini isloh qilish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda bundan buyon ichki yo‘llarni qurish va taʼmirlash uchun byudjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratilishi belgilandi.

 

“Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni taʼmirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi.

 

Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni taʼminlashda ochiqlik bo‘ladi, to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi”, - dedi Prezident.

 

Ichki yo‘llarni qurish va taʼmirlash uchun 2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 milliard so‘m ajratish topshirildi.

 

Xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqishda yangidan tuzilayotgan jamg‘arma imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

 

Bunda maxsus ishchi guruh yo‘l xo‘jaligi sohasida investitsiya va davlat-xususiy sheriklik metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqadi.

 

Viloyat hokimlari bilan birgalikda loyihalar tanlab olinadi va investorlarni jalb qilish uchun tayyorlanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2024 yilda “Mening yo‘lim” dasturi doirasida 800 mlrd ajratiladi | Zamon.uz