Jahon

"Fukusima-1" AESdan suv oqizishning birinchi bosqichi yakunlandi

Tinch okeaniga jami 7,8 ming tonna suyuqlik quyilgan.

"Fukusima-1" AESdan suv oqizishning birinchi bosqichi yakunlandi

 

Yaponiyadagi "Fukusima-1" atom elektr stansiyasining operatori hisoblangan Tokyo Electric Power energetika kompaniyasi xodimlari atom stansiyasidan tozalangan suvning birinchi partiyasini okeanga chiqarishni yakunladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

 

Birinchi partiyaning hajmi taxminan 7,8 ming tonna suyuqlikni tashkil etdi. Tokyo Electric Power ishchilari atom elektr stansiyasida joylashgan uskunalarni tekshirib bo‘lganidan so‘ng sentyabr oyi oxirigacha yana shuncha hajmdagi suvning ikkinchi partiyasini okeanga to‘kishni boshlashi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"