Jahon

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailandning Myanma bilan chegaradosh hududida suv manbalarida mishyak miqdori belgilangan me’yordan 25–30 baravar yuqori ekani aniqlandi.

Tailandda toza suv muammosi: bunga Myanmadagi konlar sabab bo‘lmoqda

Tailand hukumati mamlakat shimolidagi Chiangray provinsiyasida 20 mingdan ortiq xonadonni xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Bunga Myanmadagi konchilik faoliyati bilan bog‘liq mishyak moddasi suv manbalarini ifloslantirgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Myanma bilan chegaradosh Mey Say tumanidagi 14 ta qishloqda vodoprovod suvi ta’minoti joriy oyda to‘xtatilgan. Bunga mahalliy suv ta’minoti tizimidagi mishyak miqdori xavfsiz me’yordan 30 baravar yuqori ekani aniqlangani sabab bo‘lgan.

 

Shuningdek, Mekong daryosining irmog‘i bo‘lgan Say daryosining tozalanmagan suvida ham mishyak miqdori ichimlik suvi uchun belgilangan me’yordan 25 baravar yuqori ekani qayd etilgan.

 

Tailand Bosh vaziri Anutin Charnvirakul tegishli idoralarga muqobil suv manbalarini topish va vodoprovod suvi sifatini doimiy nazorat qilish bo‘yicha topshiriq bergan. Ayni paytda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ikkita suv tashuvchi yuk mashinasi jalb qilingan.

 

Naresuan universiteti tadqiqotchilari kimyoviy tahlillar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida Say daryosidagi mishyak bilan ifloslangan cho‘kindilarning katta qismi Myanmadagi oltin qazib olish konlaridan kelib chiqqanini aniqlagan.

 

Shuningdek, Myanmaning qurolli guruhlar nazoratidagi hududlarida nodir yer metallari qazib olish hajmining ortishi Tailand suv havzalarida, jumladan, Mekong daryosida og‘ir metallarning xavfli miqdorda to‘planishiga sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Ushbu konlardan qazib olingan xomashyoning bir qismi Xitoydagi qayta ishlash korxonalariga yetkaziladi.

 

Tailand tashqi ishlar vaziri o‘tgan hafta Myanmaga tashrifi chog‘ida Say daryosidagi ifloslanish keskin ortganini ko‘targan. U bunga konlardan chiqayotgan oqova suvlar sabab bo‘layotganini ta’kidlab, vaziyatni zudlik bilan hal etilishi kerak bo‘lgan dolzarb masala deb atagan.

 

Tailand hukumati bu muammoni Pekin bilan ham muhokama qilgan. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Myanmadagi ko‘plab konlar Xitoy kompaniyalari tomonidan boshqariladi.

 

Mutaxassislar ifloslangan suv Mekong daryosi bo‘ylab boshqa hududlarga ham tarqalishidan xavotirda. Mazkur daryo bir necha mamlakatdagi millionlab aholi uchun muhim suv manbai hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, Tailand rasmiylari oktyabr oyida Laos bilan chegaradosh Nongxay provinsiyasida tekshirilgan 177 kishidan 17 nafarining peshobida mishyak aniqlanganini ma’lum qilgan.

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

12-noyabrdan beri 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchi Toshkentda qolib ketgan.

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Ularning atigi 14 foizi haftaning barcha kunlarida kamida bir soatdan faol harakat qiladi.

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Bu mamlakatning kelgusi yilgi 70 milliard yevrolik moliyaviy ehtiyojining uchdan ikki qismini qoplaydi.

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Avvalroq Bahrayndagi AQSh radar stansiyasi ham nishonga olingan edi.

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

Niqob taqqan ikki kishi haydovchidan mashinadan tushishni talab qilgan. U bo‘ysunmay, qochishga uringanida avtomobilga qarata o‘q uzilgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.