Jahon

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

12-noyabrdan beri 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchi Toshkentda qolib ketgan.

Toshkentdagi Umra mojarosi: Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni davlatlar orqali safar qilmaslik aytildi

 

Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi 104 nafar qirg‘izistonlik ziyoratchining Toshkent xalqaro aeroportida qolib ketishi ortidan fuqarolarga vaqtincha qo‘shni davlatlar orqali Umra safariga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda boshqarma rasmiy saytida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasida Haj va Umra safarlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha idoralararo komissiyaning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda Toshkent aeroportida Saudiya Arabistoniga ucha olmay qolgan fuqarolarning ahvoli va ularni vatanga qaytarish masalasi muhokama qilingan.

 

Yig‘ilishda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi vakillari ziyoratchilarning Toshkentdagi holati haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan ularning xavfsizligi va ayni paytdagi ahvoli muhokama qilingan.

 

Komissiya «Nur Umra Travel» kompaniyasi faoliyatini ham ko‘rib chiqqan. Kompaniya rahbari vaziyat yuzasidan tushuntirish berish uchun yig‘ilishga taklif etilgan. Ziyoratchilar masalasini tezkor hal qilish va ularni Qirg‘izistonga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar belgilangan.

 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston muftiysi o‘rinbosari mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda Toshkentga borib, fuqarolar bilan bevosita uchrashishi rejalashtirilgan. Kompaniya vakillaridan ham ziyoratchilar holidan xabar olish va muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish talab qilingan.

 

Muftiyat fuqarolarni vaziyat barqarorlashguniga qadar Umra safariga boshqa qo‘shni davlatlar orqali bormaslikka, safar ma’lumotlarini oldindan aniqlashtirishga chaqirdi. Shuningdek, SalamAir, Air Arabia va Flyadeal aviakompaniyalari Bishkek va O‘sh xalqaro aeroportlaridan Saudiya Arabistoniga reyslarni amalga oshirayotgani ma’lum qilingan. Fuqarolarga safarlarini Qirg‘izistondan boshlash tavsiya etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 104 nafar Qirg‘iziston fuqarosi 12-noyabrdan beri Toshkentda qolib, Saudiya Arabistoniga parvoz qilish imkoniyatini kutmoqda. Ular orasida keksalar va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bor fuqarolar ham mavjud.

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Dunyoda 240 millionga yaqin o‘smir yetarlicha jismoniy faol emas — JSST

Ularning atigi 14 foizi haftaning barcha kunlarida kamida bir soatdan faol harakat qiladi.

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Bu mamlakatning kelgusi yilgi 70 milliard yevrolik moliyaviy ehtiyojining uchdan ikki qismini qoplaydi.

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Avvalroq Bahrayndagi AQSh radar stansiyasi ham nishonga olingan edi.

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

Niqob taqqan ikki kishi haydovchidan mashinadan tushishni talab qilgan. U bo‘ysunmay, qochishga uringanida avtomobilga qarata o‘q uzilgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.