Jahon

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

Bu mamlakatning kelgusi yilgi 70 milliard yevrolik moliyaviy ehtiyojining uchdan ikki qismini qoplaydi.

Ukrainaga yana 45 milliard yevro: Yevropa Komissiyasi yangi yordam paketini taklif qildi

 

Yevropa Komissiyasi Ukrainaga 2027-yilda 45 milliard yevrogacha qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratishni taklif qildi. Ushbu mablag‘ avval tasdiqlangan 2026–2027-yillar uchun 90 milliard yevrolik kredit dasturiga qo‘shimcha bo‘ladi.

 

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainaga 2027-yilda jami 70 milliard yevro mablag‘ kerak bo‘lishini, yangi taklif esa ushbu ehtiyojning uchdan ikki qismini qoplashga qaratilganini ma’lum qilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan 25 milliard yevro xalqaro hamkorlar tomonidan ta’minlanishi mumkin. Yevropa Komissiyasi Buyuk Britaniya, Norvegiya, Yaponiya va Kanada mablag‘larini jalb qilishni taklif qilmoqda.

 

Yevropa Komissiyasi Ukrainaga qo‘shimcha yordam mamlakatning kelgusi yilgi moliyaviy taqchilligini qoplash, aholi va infratuzilmani himoya qilish, shuningdek, maktablar va shifoxonalarning faoliyatini davom ettirishga yordam berishini bildirgan.

 

Yangi yordamni tasdiqlash uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va Bolgariya Ukrainani keyingi moliyalashtirishda ishtirok etishga qarshi ekanini bildirgan.

 

Qonunchilik takliflari endi ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun Yevropa Parlamenti hamda Yevropa Ittifoqi Kengashiga yuboriladi.

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?

Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Patriot tizimlari va raketa qurilmalari nishonda: Eron Quvaytdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Avvalroq Bahrayndagi AQSh radar stansiyasi ham nishonga olingan edi.

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

72 soatlik kuzatuv natijasi: Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanmoqda

Niqob taqqan ikki kishi haydovchidan mashinadan tushishni talab qilgan. U bo‘ysunmay, qochishga uringanida avtomobilga qarata o‘q uzilgan.

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

AQSh razvedkasi Eron tahdidi haqida xabar berdi, Tehron esa buni inkor qildi

Eron AQSh OAVlaridagi xabarlar keyingi tajovuz uchun bahona yaratishga qaratilganini bildirgan.

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Buyuk Britaniya Isroil kompaniyalariga sanksiya kiritdi: ular G‘arbiy Sohilda noqonuniy uy qurgan

Sanksiyalar G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘chmanchilar guruhiga nisbatan ham qo‘llanilgan.

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Zaporijjya viloyatidagi hujum oqibatlari: 72 kishi halok bo‘lgan

Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Kamishevaxa qishlog'ida 2-noyabr kuni Rossiya hujumidan keyin boshlangan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.