O'zbekiston

Prezident “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Qonun bugundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Prezident “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

 

Bugun, 13 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berildi.

 

Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.

 

Qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

 

Davlat chegarasini kesib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:

 

—quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida – xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida;

 

—samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida.

 

Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:

 

➖belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;

 

➖transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;

 

➖har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.

 

Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qo‘shimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:

 

—chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;

 

—xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;

 

—suzish vositalarining chegara daryolariga, ko‘llariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.

 

Xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga o‘tkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar Chegara qo‘shinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.

 

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi | Zamon.uz