O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Mamlakatda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi.

 

Maʼlumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda unda O‘zbekistonning o‘rni izchil ko‘tarilib, o‘tgan yili 69-pog‘onada qayd etilgan.

 

Reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024 yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash nazarda tutilmoqda.

 

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy taʼminlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etilmoqda.

 

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz