O'zbekiston

2030 yilga kelib ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 90 foizga yetkaziladi

Yalpi majlisda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash xususida ko‘tarilgan masala hal etildi.

2030 yilga kelib ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 90 foizga yetkaziladi

 

Hozirgi kunda respublikada 25,6 foiz aholiga ichimlik suv maxsus texnikalari yordamida tashib keltiriladi. Mavjud bo‘lgan 10 942 ta suv inshootining har beshtasidan bittasi, 89 ming km markaziy va ichki tarmoqlarning 26,5 foizi taʼmirtalab holatga kelib qolgan.

 

Senatning 36-yalpi majlisida Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Birlik” va “Yorqin” mahallalari hududigacha diametri 450 mm. bo‘lgan, uzunligi 13,5 km ichimlik suv quvurlarini yangidan qurish uchun 7 mlrd so‘m ajratish orqali aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasi senatorlar tomonidan ko‘tarilgan edi.

 

Ushbu masala yuzasidan Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi masʼul etib belgilanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda masalaga yechim topish yuzasidan ishlar olib borildi.

 

 “O‘zsuvtaʼminot” AJ,  Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruh tuzib, “Fayz kommunal qurilish” MCHJ tomonidan 7,2 mlrd so‘mlik 15 km ichimlik suvi tizimlarini qurish ishlari amalga oshirildi. Natijada Zafarobod tumani “Yorqin” hamda “Birlik” mahallalari aholisi ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2017-2023 yillar mobaynida jami 5 870 ta obyektda qurilish ishlari olib borilib, salkam 32 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilgan va rekonstruksiya qilingan. Ushbu ishlar natijasida 11,8 mln aholining ichimlik suv taʼminoti yaxshilanib, 6,6 mln aholi ilk bor ichimlik suv bilan taʼminlangan.

 

O‘zbekistonda 2030 yilga kelib markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasini 90 foizga yetkazish reja qilinmoqda: 2023-2030-yillarda respublika bo‘yicha qariyb 50 ming kmdan ziyod ichimlik suv tarmoqlari hamda 2 000 dona inshoot qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlarga 28,5 trln so‘m (18 trln so‘mi xalqaro moliya institutlari ishtirokida) mablag‘ ajratiladi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2030 yilga kelib ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 90 foizga yetkaziladi | Zamon.uz