Bola uchun bir kunlik yod miqdori qancha?
Olimlarning fikricha, bola uchun yodning kunlik dozasini qabul qilish uchun kuniga 6,3 kg olma isteʼmol qilinishi kerak.

Olimlarning taʼkidlashicha, bola uchun yodning kunlik dozasini qabul qilish uchun kuniga 3,6 kg xurmo yoki 2,1 kg yong‘oq yoki 6,3 kg olma isteʼmol qilinishi kerak. Demak, O‘zbekiston sharoitida yodni tashqi muhitdan olish juda qiyin. Yodni tabletkalar va yodlangan tuz orqali olish esa ancha oson.
Prezident qaroriga ko‘ra, bog‘cha yoshidagi 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar yod preparatlari bilan bepul taʼminlanadi.
Bolangiz davlat yoki nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnasa, yod mahsuloti maktabgacha taʼlim muassasasi tomonidan beriladi, qatnamasa, uni bepul olish uchun o‘zingizning oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.







