Endi homilador ayollar kaliy yodid preparatlari bilan bepul taʼminlanadi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Yod - miyaning kamolotiga va tug‘ilmagan bolaning aqliy rivojlanishiga taʼsir qiladi. Homiladorlik va emizish davrida haftasiga 1000 mkg miqdorida kaliy yodid qabul qilish tavsiya etilgan.
Prezidentning PQ-5198-son qaroriga ko‘ra, homilador va emizikli ayollar kaliy yodid preparatlari bilan bepul taʼminlanadi.
Uni olish uchun o‘zingizning oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.







