O‘zbekistonda har uchinchi bola yod tanqisligidan aziyat chekmoqda
Endi 15 yoshgacha bolalar yod preparatlari bilan bepul taʼminlanadi.

O‘zbekistonda har uchinchi bola yod tanqisligidan aziyat chekmoqda. Baʼzi hududlarda bu ko‘rsatkich 80 foizgacha yetadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar maktab va bog‘chalarda yod preparatlari bilan bepul taʼminlanadi.
Shuningdek, har chorshanba umumrespublika yod ichish kuni etib belgilangan.







