O'zbekiston

O‘zbekistondagi eng xavfli yo‘llar xaritasi shakllantiriladi

Bu haqda Ichki ishlar vaziri maʼlum qildi.

O‘zbekistondagi eng xavfli yo‘llar xaritasi shakllantiriladi

 

O‘zbekistondagi barcha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat aholisiga qilgan murojaatida aytib o‘tdi. Murojaat matni "Yangi O‘zbekiston" nashrida eʼlon qilindi.

 

Taʼkidlanishicha, bu xaritada harakatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan svetofor, yo‘l to‘siqlari, yerusti va yerosti piyodalar yo‘laklarining aniq soni va o‘rnatilish joylari, shuningdek, taʼmirtalab, jiddiy xavf tug‘dirayotgan yo‘l qismlarining joylashuvi ko‘rsatiladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ko‘magida, konsultantlarni jalb qilgan holda, ushbu yo‘l va chorrahalarda tartib o‘rnatish ishlari boshlanadi.

 

“Yo‘l harakati xavfsizligi – jamoatchilik nazoratida” tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shuningdek, barcha yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududini belgilab qo‘yish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bunda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Oliy Majlis, mahalliy kengashlar va keng jamoatchilikka har yarim yilda hisobot berib boriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistondagi eng xavfli yo‘llar xaritasi shakllantiriladi | Zamon.uz