Qoraqalpog‘istonga Transport vaziri tayinlandi
Ushbu lavozimga Bayram Yusupov qo‘yilgan.

Bayram Maxsetovich Yusupov Qoraqalpog‘iston Transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Bugun, 15 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan Bayram Yusupov Qoraqalpog‘iston Transport vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimini egallagan.
2022 yil noyabr oyidan beri mazkur vazifani Mamanbiy Omarov bajarib kelayotgan edi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 sentyabrdagi qarori bilan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.







