O'zbekiston

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

Dunyo bo‘ylab telekanalining «Своими глазами» dasturi muxbiri antibiotik dori qabul qilishi ortidan vafot etgan.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

 

Dunyo bo‘ylab telekanalining «Своими глазами» dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda 14 sentyabr kuni jurnalist Elmira Tuxvatullina maʼlum qildi.  Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

 

Unga ko‘ra, 12 sentyabr kuni kechqurun Ramina Yagafarova onasini ko‘rish uchun Chilonzor tumanidagi xususiy klinikaga kelgan. Tomoq og‘rig‘i tufayli jurnalist levofloksatsin (antibiotik) tabletkasini olgan. Taxminan 10−15 daqiqadan so‘ng uni tutqanoq tutib, hushidan ketgan.

 

Klinika shifokori unga birinchi yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng Yagafarova reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng u hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan. Biroq 13 sentyabr kuni tushdan keyin uni yana tutqanoq tutgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, u taxminan soat 17:50 da vafot etgan, deya izoh berdi tuman prokuraturasi.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim dori-darmonlarga allergik reaksiya (levofloksatsin), miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok oqibatida yuzaga kelgan.

 

Chilonzor tumani prokuraturasi hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

«U kanalimizga yaqinda kelgandi, lekin jamoaga tezda qo‘shilib ketdi va uning ajralmas qismiga aylandi. Bu vaqt davomida men u tayyorlaydigan dasturlar muharriri edim. Jurnalist emas, balki kasbi bo‘yicha filolog bo‘lgan Ramina telejurnalistika asoslarini o‘zlashtirib, ko‘z o‘ngimizda o‘sdi», — deb yozib qoldirgan Elmira Tuxvatullina.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi | Zamon.uz