O'zbekiston

“Hududgaz Buxoro” mansabdorlari 26 mlrdlik gazni o‘g‘irladi

Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

“Hududgaz Buxoro” mansabdorlari 26 mlrdlik gazni o‘g‘irladi

 

Energoresurslardan noqonuniy foydalangan “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminot filiali xodimlariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan  sudlanuvchilar A.Jabborov, J.Sultonov, M.Hayitov va A.Abdullayevlarga oid jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanuvchilar M.Hayitov va A.Abdullayevlar “Dildora” MCHJ rahbari A.Jabborov hamda “Osiyo Buxoro gaz” MCHJ rahbari J.Sultonov bilan til biriktirib energoresurslarini o‘g‘irlash jinoyatlarini sodir etishgan.

 

M.Hayitov 2022 yil 15 avgustdan “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminot filiali metrologiya xizmati boshlig‘i vazifasida, A.Abdullayev metrologiya xizmati yetakchi muhandisi vazifasida ishlagan. Ular jamiyat rahbarlari A.Jabbarov va J.Sultonovlar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jamiyatga qarashli gaz quyish shoxobchalariga kelgan alohida tabiiy gaz quvurining ulanish nuqtasiga o‘rnatilgan “Avtopilot-PRO” rusumli gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan xonaning eshigini tamg‘alanishini taʼminlamasdan, gaz hisoblagich uskunasidagi mavjud impuls trubkasi tamg‘asini gaz mahsulotlari quvurlarida o‘g‘irlik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz almashtirgan. Natijada “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining jami 26,1 mlrd so‘mlik juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazi o‘g‘irlanib, yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4 -qismining “a” bandi, 209-moddasi 2-qismining “a” bandi, 228-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan aybli deb topilgan A.Jabborov, J.Sultonovlar 11 yil, A.Abdullayev va  M.Hayitovlar 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Shuningdek, ayblanuvchilar tomonidan 6 mlrd so‘m zarar qoplanganligi sababli qolgan 20,1 mlrd so‘m zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Hududgaz Buxoro” mansabdorlari 26 mlrdlik gazni o‘g‘irladi | Zamon.uz