Jahon

Mamlakatlar nomi nega o‘zgaradi?

Tarixda ayrim davlatlar siyosiy, diniy yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z nomini o‘zgartirgan.

Mamlakatlar nomi nega o‘zgaradi?

 

O‘tgan hafta Hindistonda bo‘lib o‘tgan G20 sammitidan so‘ng mezbon mamlakat rasmiy nomi o‘zgarishi haqida xabarlar tarqala boshladi. Gap shundaki, sammit mehmonlari tantanali bazmga Hindiston emas, balki Bharat nomidan taklifnoma olgan.

 

OAV qo‘liga tushgan hujjatda Draupadi Murmu "Bharat prezidenti" sifatida taklifnomani imzolagan.

 

Aslida “Hindiston” mamlakatning eng ommalashgan va keng tarqalgan nomi bo‘lsada, rasmiylar va aholi o‘z vatanini "Bharat" deb ataydi.

 

Bharat so‘zi sanskrit tilida 2000 yil avval yozilgan muqaddas yozuvlarda uchraydi. Bu nom butun Hindistonni birlashtirgan qirollardan birining ismi bilan aloqador ekani aytiladi.

 

Modi hukumati Boburiylar imperiyasi  va mustamlakachilik davriga oid ayrim shaharlar nomlarini o‘zgartirgan. Tanqidchilar bu harakatda mamlakat tarixidagi mustamlakachilik va 300 yillik musulmon mo‘g‘ullar boshqaruvi izlarini yo‘q qilishga intilishni ko‘rmoqda. Mahalliy muxolifat ham bu harakatga qarshi chiqmoqda.

 

Ayrim nomdor siyosatchilar esa rasmiy nom sifatida ikkala atamadan teng foydalanish tarafdori.

 

Umuman olganda, davlatlarning siyosiy, diniy yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z nomini o‘zgartirish holatlari uchrab turadi.

 

Masalan, Turkiya Türkiye‘ga aylandi.

 

2022 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on BMTdan mamlakat nomi yozilishini Türkiye deb o‘zgartirishni so‘radi. Uning fikricha, bu so‘z turk millatining madaniy qadriyatlari va sivilizatsiyasini yaxshiroq ifodalaydi.

 

OAV esa Turkiya hukumati shu yo‘l bilan ingliz tulida kurka maʼnosini anglatuvchi turkey so‘zi bilan shakldoshlikdan qochmoqchi bo‘lganini aytmoqda.

 

Chexiya Respublikasi qanday qilib Chexiyaga aylandi?

 

"Chexiya Respublikasi" mamlakatning rasmiy nomi bo‘lib qolayotgan bo‘lsada, hukumat uni “Chexiya” deb yuritishni afzal ko‘rmoqda. Hukumat fikricha, bu davlatning xalqaro tadbirlar, jumladan sport musobaqalari, turizm va marketing kampaniyalarida taniqliligini oshiradi.

 

2019 yilda mamlakat prezident Milosh Zeman "Men Chexiya so‘zi Chexiya Respublikasi deyishdan qisqaroq va jarangdorroq bo‘lgani uchun shu atamadan foydalanaman", - deb aytgan edi.

 

Gollandiya nega Niderlandiyaga o‘zgardi?

 

2020 yil yanvarida Niderlandiya rebrending bo‘yicha reklama kampaniyasi doirasida Gollandiya nomidan voz kechdi. Hukumat "Niderlandiya" nomi ochiq, zamonaviy, inklyuziv mamlakatga ko‘proq yarashadi, degan qarorga keldi.

 

Shimoliy Makedoniyaga aylangan Makedoniya

 

2019 yilda Makedoniya Respublikasi rasman Shimoliy Makedoniya deb atala boshladi. Davlat nomini o‘zgartirishga Gretsiya bilan siyosiy bahs sabab bo‘lgan. Chunki Gretsiya qo‘shnisi qadimiy viloyat nomi bilan bir xil atalishidan norozi bo‘lgan.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"