2023–2027 yillarda maktabdan tashqari taʼlim yana-da rivojlantiriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

“2024 – 2027 yillarda maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda Telegramdagi “Taʼlim nazorati” kanalida xabar berildi.
Unga ko‘ra, quyidagilar maktabdan tashqari taʼlim tizimini 2023-2027 yillarda yana-da rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
➖“Barkamol avlod” bolalar maktablari va uning tarmoq to‘garaklariga maktab o‘quvchilarining 50 foizini qamrab olish;
➖1 500 ta xorijiy til to‘garaklarini tashkil etish;
➖“STEAM — taʼlim” dasturi asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga xususiy sektorni jalb qilish orqali to‘garak aʼzolari sonini 2 baravarga oshirish;
➖100 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida bosqichma-bosqich “STEAM — taʼlim” laboratoriyasini tashkil etish;
➖onlayn turizm — virtual maydonlarini tashkil etish.
2024 yil 1 yanvardan tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi 1 shtat birlik uslubchi lavozimini qisqartirish hisobiga 1 shtat birlikda buxgalter shtati joriy etiladi.
Bunda 2024 yil 1 yanvardan boshlab tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablariga markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak aʼzolari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash tavsiya etiladi.







