Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
"Ipak yo‘li.Zarafshon- Qoraqum yo‘lagi" 31ta obyektdan iborat.

2023 yil 10-25 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YuNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi” uch davlatda joylashgan 31 ta obyektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.
Turli davrlardagi barcha obyektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.
O‘zbekiston “Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.








