O'zbekiston

O‘zbekistonda un narxi oshgani fonida non va non mahsulotlari qimmatlamoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunga izoh berdi.

O‘zbekistonda un narxi oshgani fonida non va non mahsulotlari qimmatlamoqda

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati bozorlarda un narxi ortishi va uning ortidan non hamda non mahsulotlari narxi ko‘tarilib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

 

 

Aholini un mahsuloti bilan taʼminlash maqsadida har yili mamlakatimizda 8 million tonna atrofida bug‘doy yetishtirilmoqda. Talab esa 104,4 foizni tashkil etadi.

 

Joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlaridagi narxlar o‘rganildi.

 

Bozorlardagi chakana savdoda Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “365 kun”, “Turon”, “Mutabar”, “Oltin don”, “Makfa” va boshqa markadagi oliy va 1-navli un qadog‘iga qarab 5000 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, ulgurji savdoda 5000–7000 so‘mni tashkil etmoqda.

 

Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi. Buning sabablaridan biri, Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, Qozog‘iston tomoni un tegirmonlarida mavsumiy texnik ko‘rik va sanitar tozalash ishlariga korxonalarini 15 kunga profilaktikaga yopishi haqidagi eʼlon ham mazkur sigmentda narx beqarorligini keltirib chiqaruvchi omillardan biri bo‘ldi. Bu har yili bo‘ladigan mavsumiy tebranish hisoblanib, o‘tgan yilning mos davrida ham ayni holat kuzatilgan. 20 kunlik hisobotda narxlar nafaqat o‘z joyiga qaytgan, balki, tushish tendensiyasini ham ko‘rsatgan. Buni bozorimizdagi vaziyat tahlili ham tasdiqlaydi.

 

Haqiqatan, Qozog‘iston ichki bozorida narx oshgan va bu g‘alla o‘rimi boshlanayotgani bilan izohlanadi. Yaʼni o‘rimga qadar omborlarda qolgan bug‘doy sotuvda kamaygan. Bundan rossiyalik treyderlar ham foydalanib, vaqtinchalik imkoniyatlar darchasida narxlarni oshirdi.

 

Ammo Chikago birja bozorida kelgusi yil uchun g‘alla shartnomasining narxi ancha pasayib ketgan. Shunga qaramay, Qozog‘istonda o‘rim boshlanib, hosil yig‘ib olingach, narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda. Ayni kunlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘rim kechikmoqda.

 

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining ulgurji narxi esa, 4000–4500 so‘mni, chakana savdoda 5000–6000 so‘mni tashkil etmoqda. Bu narxlar avgust oyiga nisbatan narx o‘sishi hamda aholi tomonidan ajiotaj mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.

 

Bugungi kunda, asosiy turdagi oziq-ovqat narxlari monitoringi bo‘yicha hududiy shtablar tashkil etilib, bozorlardagi va savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini monitoring qilish hamda narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

Narxning o‘sishi, taxminlarga ko‘ra, eksportyor mamlakatlardagi korxonalarning mavsumiy sanitariya tozalash uchun yopilishi, shunga o‘xshagan xabarlar fonidagi tebranishlarning o‘z-o‘zidan bo‘lib ketayotgani achinarli hol, albatta. Odatda bu boshqa segmentlarda ham kuzatiladi.

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘tgan yillarda ham bu kabi holatlar kuzatilgani va bu mavsumiy tebranish ekanini inobatga olib, ommaviy axborot vositalari vakillarini tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etishga chaqirib qoladi!

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda un narxi oshgani fonida non va non mahsulotlari qimmatlamoqda | Zamon.uz