O'zbekiston

Toshkentdagi salkam 3 mingta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi maʼlum qildi.

Toshkentdagi salkam 3 mingta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan

 

Toshkent shahridagi 2984 ta reklama va axborot obyektlari noqonuniy joylashtirilgani, 6004 tasi esa talablarga mos emasligi aniqlandi, deya maʼlum qildi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Qolaversa, 159 ta reklama davlat tilida emas, balki boshqa tillarda berilgan.

 

O‘zbekiston bo‘ylab 3082 ta, poytaxtning o‘zida esa 2984 ta reklama va axborot obyektlari hech qanday hujjatlarsiz joylashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

 

Mamlakatda jami 16 832 ta tashqi reklama va axborot obyektlari mavjud bo‘lib, shundan 11 144 tasi yoki 66 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. O‘tkazilgan xatlovlar natijasiga ko‘ra, ularning 9905 tasi (58,8 foizi) belgilangan talablarga mos emasligi aniqlangan (shundan 6004 tasi Toshkent shahrida).

 

Xususan, ularning 3082 tasi (31,1 foizi) noqonuniy, hech qanday hujjatlarsiz joylashtirilgani maʼlum bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 2984 tani tashkil etgan.

 

Taʼkidlanishicha, 4646 ta tashqi reklama obyektlari bo‘yicha ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qaror talablariga moslashtirish yoki ixtiyoriy ravishda demontaj qilish yuzasidan tegishli hokimliklar tomonidan konstruksiya egalariga 1825 ta ko‘rsatma xatlari kiritilgan.

 

Qo‘mita, Toshkent shahar va tumanlar hokimlarining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar avgust oyida o‘rganish ishlari olib borgan. Xususan, Toshkent shahrida tashqi reklama obyektlaridagi reklamalarning davlat tilida bo‘lishini taʼminlash yuzasidan jami 745 ta monitoring o‘tkazilgan.

 

Shundan 159 ta (21,3 foiz) holatda reklamaning, 339 ta holatda (45,5 foiz) peshlavhalarning va 39 ta (5 foiz) holatda boshqa eʼlon va matnlarni boshqa tillarda berilgani aniqlangan. 108 ta holatda kamchiliklar ixtiyoriy bartaraf etilib, qolgan kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi salkam 3 mingta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan | Zamon.uz