O'zbekiston

UzAuto Motors: ommabop modellar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochildi

Avtomobillar uchun shartnomani faqat Chevrolet‘ning dilerlik markazlarida tuzish mumkin. Avval mavjud bo‘lgan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati hozirda yo‘q.

UzAuto Motors: ommabop modellar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochildi

 

Bugun, 18-sentabr kuni Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun cheklangan miqdordagi kontraktatsiya ochilmoqda. Shartnomani onlayn tuzib bo‘lmaydi.

 

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun kontraktatsiya ochilganini maʼlum qildi.

 

“Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi”, – deyiladi kompaniya xabarda.

 

Qayd etilishicha, bugun, 18 sentyabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.

 

Avtomobillar uchun shartnomani faqat Chevrolet‘ning dilerlik markazlarida tuzish mumkin. Avval mavjud bo‘lgan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati hozirda yo‘q.

 

UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilayotganini eslatgan.

 

“Barcha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o‘z egalariga yetkazib beriladi”, – deya maʼlum qilgan kompaniya.

 

Rasmiy xabarda qo‘shimcha qilinishicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

UzAuto Motors: ommabop modellar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochildi | Zamon.uz