Qashqadaryoda kelin-kuyovning yaqinlari mushtlashdi
Hodisa to‘y marosimi vaqtida yuz bergan.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi to‘yda kelin-kuyovning yaqinlari mushtlashdi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, mushtlashuv joriy yilning 2 sentyabr kuni Qamashi tumanidagi to‘yxonada to‘y marosimi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Mushtlashuvda kelin-kuyovning do‘stlari va qarindoshlari ishtirok etgan.
Mazkur hodisaning 11 nafar ishtirokchisiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Voqeadan keyin tomonlar uchrashib, bir-birlariga qarshi yozilgan arizalarni qaytarib olishgan.







