O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga ispaniyalik murabbiy tayinlandi
U jamoani 2024 yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga murabbiy tayinlandi, deya xabar bermoqda “O‘zA” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ispaniyalik mutaxassis terma jamoani 2024 yil O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.







