O'zbekiston

Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

 

19 sentyabr kuni Hukumat qarori bilan Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga ko‘ra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani topshirish bo‘yicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshiriladi.

 

Shunga ko‘ra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi bo‘yicha talabnoma topshiriladi. So‘ng talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovini amalga oshirishi kerak.

 

Patent boji to‘langach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.

 

Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

 

Reglamentga ko‘ra, jumladan, quyidagilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

 

—davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

 

—tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi yolg‘on yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

 

—jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi | Zamon.uz