O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini 40 foizga qisqartirdi
So‘nggi sakkiz oyda Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish 370 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, аvgust oyida O‘zbekistondan Xitoyga oylik gaz yetkazib berish iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 18 foizga kamaygan holda 75,27 million dollarni tashkil etdi. Bungacha O‘zbekiston gaz eksportini ikki oy ketma-ket oshirgan.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qildi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 40 foizga kamdir.
Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolishda davom etib, sakkiz oy ichida 6,63 milliard dollarlik gaz yetkazib berdi (o‘tgan yilga nisbatan +5 foiz). Ikkinchi o‘rinda Rossiya, u eksport hajmini qariyb ikki baravar oshirib, 4,46 milliard dollarga yetkazgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Myanma (993 million dollar) va Qozog‘iston (782 million dollar) bormoqda.







