O'zbekiston

"Taʼlim to‘g‘risida"gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Guruh o‘z takliflarini 1 oy muddatda Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etishi shart.

"Taʼlim to‘g‘risida"gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

 

Qonunchilik palatasiga ko‘ra, 2020 yilda qabul qilingan qonunni “sohadagi islohotlar va bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish” zarurati tug‘ilgan.

 

Qonunchilik palatasi Kengashining qarori bilan, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

 

Qarorda qonunni “sohada olib borilayotgan islohotlar va bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish” zarurati borligi aytiladi.

 

Guruh o‘z takliflarini bir oylik muddatda, taʼlim to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda ishlab chiqishi va Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etishi kerak.

 

28 nafar aʼzodan iborat ishchi guruhga palata spikeri Nurdinjon Ismoilov raislik qiladi. Guruhdan parlament vakillari, hukumat rasmiylari va boshqalar o‘rin olgan.

 

2023 yil aprel oyida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining taʼlim mazmunini belgilovchi (taʼlim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklarga oid) qator vakolatlari shu markazga o‘tkazilgan edi. “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunda bu markaz taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlari qatorida aks etmagan. Qonun bundan 3 yil oldin – 2020 yil 24 sentyabrdan kuchga kirgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Taʼlim to‘g‘risida"gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi | Zamon.uz