Jahon

Elektrokar yoki dvigatelli mashina: qaysi biri atmosferaga zararliroq?

Tadqiqotga ko‘ra, elektromobilning o‘rtacha zararli gazlari benzin yoki dizelli mashinadan 3 baravarga kam. Ammo bu farq o‘sishda davom etmoqda.

Elektrokar yoki dvigatelli mashina: qaysi biri atmosferaga zararliroq?

 

Bugun, 22 sentyabr – xalqaro avtomobilsiz kun. Birinchi marta 1973 yilda Shveysariyada yoqilg‘i inqirozi vujudga kelganida hukumat aholidan 4 kunga mashinada yurishdan voz kechishni so‘ragan. Yevropa bo‘ylab bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan avtomobildan voz kechish aksiyalari 1997 yilgacha davom etgan.

 

Bugunga kelib mazkur kun noilojlikdan qabul qilingan qaror emas, balki ixtiyoriy tanlovga aylandi. Ayni paytda dunyoning 1,5 mingdan ortiq shahrida 100 milliondan ortiq odam aksiyada muntazam qatnashib keladi. Chunki hozir yoqilg‘i yetishmovchiligi muammosi elektrokarlar sharofati bilan ancha orqa planga o‘tdi.

 

Avto ishlab chiqaruvchilari har yili elektromobillar uchun yangi akkumulyator ishlab chiqish uchun milliardlar pul ajratadi. Faqat Yevropaning o‘zida 2030 yilgacha “yashil” avtomobillar sonini 30 mlnga yetkazish maqsad qilingan.

 

Ammo ularni ekologiya uchun mutlaqo zararsiz deb bo‘lmaydi. Balki, elektrokar chiqindi gazi chiqarmas, ammo uning akkumulyatorini ishlab chiqarish jarayoni atmosferada iz qoldiradi.

 

Elektrokar ishlab chiqarilishi atmosferaga qanday taʼsir qiladi?

 

Ekologlar “hayot sikli davomidagi chiqindi gaz” tushunchasiga ishlab chiqarish va utilizatsiya jarayonida chiqadigan gazlarni kiritadi. Shuning uchun gap elektromobil haqida ketganda xomashyo va batareyani zaryadlashdan tortib qayta ishlash va avtomobildan qayta foydalanishni ham ko‘zda tutish kerak.

 

Litiy-ionli batareyalarni yig‘ish, tozalash va yetkazib berish juda ko‘p quvvat oluvchi jarayondir. Shuning uchun akkumulyatorli avtomobillarni ishlab chiqarish jarayoni ichki yonuv dvigatelida (benzin yoki dizelda) harakatlanuvchi mashinalardan ko‘ra atmosferaga ko‘proq zarar yetkazadi.

 

Ammo bu farq faqat sotuv bosqichigacha saqlanib qoladi. Ekspluatatsiya jarayonida esa ichki yonuv dvigatellari atmosferaga karbonat angidrid gazi chiqarishda davom etadi. Elektromobillar chiqaradigan gaz esa faqat shinalar va tormoz yemirilishi natijasidagina yuz beradi.

 

Transport&Environment tashkiloti tadqiqotiga ko‘ra, elektromobilning o‘rtacha zararli gazlari benzin yoki dizelli mashinadan 3 baravarga kam. Bu farq o‘sishda davom etmoqda. Elektr tarmog‘i ekologiklashgani sari akkumulyatorlar ko‘rsatkichi ham yana-da yaxshilanib boraveradi.

 

Bundan tashqari, 2030 yilga kelib elektrokarlar karbonat angidrid gazini 4 baravarga kamaytiradi, bu quvvatning tiklanuvchi manbalariga o‘tish bilan bog‘liq.

 

Batareyalar ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanishi ortidan litiy-ionli akkumulyatorlar standarti ham o‘zgaradi. Ayni paytda yirik elektr avto-ishlab chiqaruvchilari akkumulyator texnologiyalarida noyob minerallardan foydalanishni qisqartirish tarafdori.

 

Tabiatga yetkaziladigan zararni boshqa yo‘llar bilan ham kamaytirish mumkin. Masalan, ishlatilgan akkumulyatorlan qayta foydalanish yoki qayta ishlash atmosferaga chiqadigan gazlar miqdorini kamaytiradi. Yevrokomissiya dunyoda birinchi bo‘lib ekologik toza batareyalar ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi qonunni ishlab chiqdi. Hujjat nafaqat qazilma boyliklarini xavfsiz olish, balki xomashyoni yana-da samarali qayta ishlashni ko‘zda tutadi. Iyun oyida esa YEI batareyalarni utilizatsiya qilishning yangi talablarini qabul qildi. Tahlilchilar fikricha, bu aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Elektrokar yoki dvigatelli mashina: qaysi biri atmosferaga zararliroq? | Zamon.uz