O'zbekiston

DXX qalbaki valyutalar muomalasiga chek qo‘ydi

Tekshiruv davomida noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskunalar hujjatlashtirib olingan.

DXX qalbaki valyutalar muomalasiga chek qo‘ydi

 

Sirdaryo viloyatida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs aldov yo‘li bilan 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinchisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.

 

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs xaridorga qalbaki 10 ming AQSH dollarini 5 ming AQSH dollariga sotishga kelishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSH dollarini berib va qolganini tez kunda yetkazishlarini aytib, 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Navoiy viloyatida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so‘m qalbaki pullarni 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

 

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX qalbaki valyutalar muomalasiga chek qo‘ydi | Zamon.uz