O'zbekiston

Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

2023-yil 1-noyabrga qadar vacancy.argos.uz — vakant lavozimlar yagona ochiq portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.

Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

 

Kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 492-sonli qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.

 

Kadrlarga oid maʼlumot va hujjatlar quyidagi tizimlarga avtomatik yuboriladi:

 

  • davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar YAMMT (my.mehnat.uz)ga;

  • qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga;

  • xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur maʼlumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga.

  • Kadrlar ishi raqamlashtirildi, ayni damda HRM.ARGOS.UZ axborot tizimiga 4 mingdan ortiq davlat idoralari ulandi.

 

Tizim qanday imkoniyatlarga ega?

 

  • Qog‘oz sarfini kamaytiradi;

  • Vaqtni tejaydi;

  • Kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkonini beradi;

  • Axborot xavfsizligini taʼminlaydi;

  • Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.

 

Bugunga qadar tizimga 4 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Shuningdek, platforma samarali ishlashi uchun “kadrovik”lar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.

vacancy.argos.uz — vakant lavozimlar yagona ochiq portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.

2023 yil 1 noyabrga qadar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.

Shuningdek, davlat organlari rahbarlari 2023 yil 1 oktyabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platforma (hrm.argos.uz)ga ulash choralarini ko‘radi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi | Zamon.uz