Saida Mirziyoyeva chustlik bolalarni ko‘rgani shifoxonaga bordi
Prezident yordamchisining maʼlum qilishicha, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining topshirig‘i bilan Namanganga bordi.
“Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga - oilasi bag‘riga qaytarilgan.
⠀
Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.
⠀
Shundan so‘ng bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, taʼlim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
⠀







