Sergelida 11 nafar shaxs muddatidan avval jazodan ozod etildi
Tuman sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazildi.

Sergeli tumani sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazildi. Tuman ichki ishlar organi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi probatsiya ro‘yxatida turgan va jazo o‘tayotgan, bu jarayonda mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 11 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan ozod etildi, 2 nafar shaxsning jazosi o‘zgartirilgan.







