O'zbekiston

Sertifikati yo‘q mutaxassislar 2-xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishlashi mumkin

Vazirlar Mahkamasi bu bo‘yicha topshiriq berdi.

Sertifikati yo‘q mutaxassislar 2-xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishlashi mumkin

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan,  2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

 

Shu bilan birga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta taʼlim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

 

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sertifikati yo‘q mutaxassislar 2-xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishlashi mumkin | Zamon.uz