O'zbekiston

Aqlli insonlarning odatlari

G‘ayrioddiy xulq, odatlar va dangasalik aslida yuqori intellektdan dalolat berishi mumkin.

Aqlli insonlarning odatlari

 

G‘ayrioddiy xulq, odatlar va dangasalik aslida yuqori intellektdan dalolat berishi mumkin. Maqolani  diqqat bilan o‘qisangiz, balki o‘zingizning aqliy salohiyatingiz o‘ylaganingizdan yuqori ekaniga amin bo‘larsiz.

 

Tunda ishlashni yoqtirish

 

Ayrim tadqiqotlar natijasi IQ baland insonlar tungi hayot tarzini afzal ko‘rishini isbotlagan. Shuning uchun bunday odamlar muhim masalalar, shu jumadan, ish bo‘yicha muammolarni ham kech bo‘lganda hal qilishi mumkin.

 

Oddiy narsalarda xato qilib qo‘yishi mumkin

 

Ayrim hollarda intellekti yuqori bo‘lgan odamlar miyasi ularni chalg‘itishi mumkin. Bunday hollarda inson o‘ta oddiy narsalarda adashishi mumkin. Ammo o‘z aqliga o‘ta ishonish ularni xato qilganini tan olishga qo‘ymaydi.

 

Doim kech qolish

 

Doim aytilgan joyga kech qoluvchi insonlar kreativ bo‘ladi, degan qarash mavjud. Chunki belgilangan vaqtda rejasini amalga oshirishga ulgurmagan ijodkor unga o‘ta kreativ yondashgan bo‘lishi va buning oqibatida kech qolgan bo‘lishi ham mumkin.

 

G‘alati yoki qayg‘uli holatlar/narsalarning ustidan kulish

 

Intellektual rivojlangan insonlarni o‘tkir satiraga moyilroq bo‘ladi, deb o‘ylash mumkin. Ammo ular juda g‘alati holatlar va hatto boshqa odamning boshiga tushgan noxushlikning ustidan ham kulishi mumkin. Olimlar bunga yumorning stressni yengish uchun yaxshi vosita ekanini sabab qilib ko‘rsatadi. IQ baland bo‘lgan odamlar boshqalarga nisbatan stressga beriluvchan bo‘ladi. Shuning uchun ular yumorga ko‘proq murojaat qiladi. Qora yumorga ko‘proq moyil bo‘lganlar esa agressiya va jahldorlikdan ancha uzoq yuradi.

 

Vahimachilik

 

Psixologlar aqlli odamlar pessimistlikka moyil bo‘lishi va hatto o‘zi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni o‘ylab topishini aytmoqda. Gap shundaki, aqlli odamlar o‘tmishdagi voqea-hodisalarni to‘liq tahlil qilishga moyil. Shundan kelib chiqqan holda ular kelajakdagi ehtimoliy vaziyatlarga ham tayyor turadi. Ammo aynan mana shu ularni doimiy tahlikada yashashga ham majbur qiladi.

 

Atrofdagilarga bosim o‘tkazish

 

Aqlli insonlar biror bir marraga boshqalardan tezroq va osonroq erishadi. O‘zidan kelib chiqqan holda atrofdagilardan ham shunday natijani kutadi. Shu tufayli ular ko‘zida oddiy ko‘ringan vazifani qanday qilib uddalay olmaslik mumkinligini tushunmaydi va haddan ortiq talabchan bo‘lib qoladi.

 

Suhbatdoshini xafa qilib qo‘yish

 

IQ baland bo‘lgan insonlar baʼzan suhbatdoshini xafa qiladigan narsalarni gapirib qolishi mumkin. Ammo aksariyat hollarda ular buni ataylab qilmaydi. Aqlli insonlar boshqalarning hissiyayotlarini tushunmasligi va shuning uchun ularning ko‘ngliga tegib qo‘yishi mumkin. Bu ularning odamlarga qo‘shilib, do‘stlashishidagi katta muammosidir.

 

Hech kimga yoqmaslik

 

Odamlarning bir-biriga yoqishi ularning aqliy darajasiga bog‘liqdir. Oddiy qilib aytganda, biz aqliy salohiyati o‘zimizniki bilan teng bo‘lgan insonlar bilan tezroq chiqishib ketamiz. Psixologlar do‘stlashish uchun  IQ‘dagi tafovut 15 balldan oshmasligi kerak, deb hisoblaydi.

 

Yuqoridagi xulosalar bir necha yillik kuzatuv va tajribalarga asoslangan, ammo har bir inson o‘ziga xos xarakterga ega alohida bir dunyo. Shunday ekan, umumiy xulosalar sizga har doim ham to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"