Chilonzorda salkam 30 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
Holatga hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani aks etgan video tarqalmoqda. Chilonzor tumani hokimligi holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, Lutfiy ko‘chasidagi 29 ta ko‘p yillik shumtol daraxti qurib qolgani sababli kesib olinmoqda. Shanba kuni ko‘pchilik tashkilotlarda dam olish kuni bo‘lgani sababli tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qurigan daraxtlarni kesib olish jarayonlari olib borilmoqda.
“Aholidan va ekolog blogerlar hamda jurnalistlardan biz oldindan maʼlum qilgan ushbu maʼlumotlar bilan tanishib, ayni jarayonlarga xolis baho berishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.







