O‘zbekistonda bir kishining kunlik suv isteʼmoli qancha?
“O‘zsuvtaʼminot” AJ bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda kunlik bir kishiga suv isteʼmoli o‘rtacha necha litrga to‘g‘ri kelishi aytildi. Bu bo‘yicha “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlumot berdi.
O‘zbekistonda markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlangan aholi punktlarida, sanoat korxonalari va boshqa isteʼmolchilarni chiqarib tashlaganda, respublika bo‘yicha kunlik bir kishiga isteʼmol o‘rtacha 99,2 litrga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlashi bo‘yicha xabar tarqalgan va bu maʼlumot inkor etilgandi.







