O'zbekiston

Samarqanddagi bog‘chada ovqatga go‘sht o‘rniga suyak solingani aytilmoqda

Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Samarqanddagi bog‘chada ovqatga go‘sht o‘rniga suyak solingani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

 

Videoda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi mutasaddilarining viloyatning Qo‘shrabot tumanidagi 5-maktabgacha taʼlim tashkiloti oshxonasini ko‘zdan kechirgani aks etgandi. Unda bolalar ovqatida solinishi kerak bo‘lgan go‘sht kam chiqqani tanqid qilingan.

 

Rasmiy munosabatda aytilishicha, boshqarma bolalarning haqqiga xiyonatni kechirib bo‘lmas holat deb hisoblaydi. Shu bois bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida boshqarma xodimlaridan iborat ishchi guruhi ham joylarda muntazam o‘rganishlar olib boradi.

 

“Shu o‘rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi ishchi guruhiga bog‘chalarda bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonatni aniqlashdagi ko‘magi uchun viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi minnatdorlik bildiradi.

 

Biroq SEO va JSQ viloyat mutasaddilarining o‘zlari qozonga mo‘ralayotganda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etib, maxsus kiyim-boshlarda oshxonaga kirsalar, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, — deyiladi munosabatda.

 

Qayd etilishicha, boshqarma ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga choralar ko‘rish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. Holat yuzasidan masʼullarga ko‘rilgan choralar bo‘yicha batafsil maʼlumot beriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqanddagi bog‘chada ovqatga go‘sht o‘rniga suyak solingani aytilmoqda | Zamon.uz