O'zbekiston

Toshkentda poyezdda “selfi” olmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

Uning tanasi 98 foiz kuygani aytilmoqda.

Toshkentda poyezdda “selfi” olmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

 

Toshkentda poyezd vagoni tomida “selfi” olmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 20 sentyabr kuni soat 19:05 da “Hamza” stansiyasida sodir bo‘lgan.

 

Yigit elektr toki urib, yerga yiqilgan va voqea joyiga yetib kelgan stansiya xodimlari uning yonib ketgan kiyimlarini o‘chirishgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tez yordam chaqirilgan.

 

Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

custom img

Farg‘onada MIB 40 mlrd dollarlik mulkni xatladi

Ijro hujjatiga ko‘ra, byuro tomonidan 3,2 mln dollarlik kredit qarzi undirilmoqda.

custom img

Qoraqalpog‘istonda soliq qarzlari majburiy undirilmoqda

Birgina Qonliko‘l tumanida joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzdorligini undirishga oid jami 17 mlrd 766 mln so‘mlik 487 ta ijro hujjatlarining ijrosi taʼminlangan.

custom img

Buxoroda universitetga tegishli 5 ta mashina xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MIB orqali ishga tiklangan xodimga maʼmuriyat maosh to‘lashni xohlamagan.

custom img

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunida Deklaratsiya qabul qilindi

Forum ishtirokchilari Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini tuzish hamda islom merosining yagona xalqaro raqamli reyestrini yaratishni taklif qildi.

custom img

Qashqadaryoda Nexia-2 avtomobilidagi gaz balloni portladi, bir kishi halok bo‘ldi

Yana ikki nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

custom img

BMT O‘zbekistonni suv sohasidagi eng ilg‘or uch davlat qatoriga kiritdi

BMT forumida O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha amalga oshirayotgan islohotlari xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

custom img

Toshkentda transmilliy kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Ikki yirik call-markaz fosh etilib, ularda 131 nafar shaxs, jumladan, 8 nafar chet el fuqarosi aniqlandi.

custom img

“Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ro‘yxatdan o‘tkazish holvaning o‘ziga xosligi va sifatini saqlash hamda milliy brend sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"