“O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantiriladi
Tizimda zamonaviy boshqaruv joriy qilinishi kutilmoqda.

Prezident temiryo‘l sohasidagi asosiy muammolardan kelib chiqib, tizim oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni xoldingga aylantirib, tizimda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, jumladan, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflar maʼqullandi.
Vagonlar parkini yangilashga mo‘ljallangan kredit va kompensatsiya ajratish mexanizmlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.







