O'zbekiston

“Temiryo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti”

Prezident huzurida temiryo‘l sohasidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

“Temiryo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti”

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar yuzasidan yig‘ilish boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yetti yilda mamlakatda sanoat korxonalari soni 2,7 baravarga oshib, 110 mingtaga yetgan, 2 mingdan ziyod turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, sanoat hajmi 1,5 baravarga oshgan.

 

Eksport hajmi 1,6 barobar ko‘payib, o‘tgan yili 19 milliard dollarga yetdi. Bular hisobiga mamlakatda yuk aylanmasi 30 foizga oshdi. Ayniqsa, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand va vodiy viloyatlariga yuk tashish 1,5 baravar ko‘paydi.

 

Shu bilan birga, xalqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport-logistika xarajatlari bir necha barobar oshib ketdi.

 

O‘zbekiston kabi dunyo okeanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni yo‘q mamlakatlar uchun eng qulay va arzon transport bu – temir yo‘l hisoblanadi.

 

Lekin hozir ichki bozorda mahsulotning atigi 5 foizi, eksportda esa 45 foizi temiryo‘l orqali tashilmoqda. Yaʼni temir yo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Temiryo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti” | Zamon.uz