O'zbekiston

10 yil o‘qib, repetitorga borayotgan bolalar: ayb kimda?

“Farzandim 10 yil maktabda chet tili o‘qidi. Nega biz yana pul sarflab, repetitorga qatnashimiz kerak?” Bu ko‘plab ota-onalarni qiynayotgan haqli savol.

10 yil o‘qib, repetitorga borayotgan bolalar: ayb kimda?

 

“Farzandim 10 yil maktabda chet tili o‘qidi. Nega biz yana pul sarflab, repetitorga qatnashimiz kerak?” Bu ko‘plab ota-onalarni qiynayotgan haqli savol.

 

Bugun chet tili o‘qituvchilari mamlakatimizdagi umumiy o‘rta maktablarda eng ko‘p yetishmayotgan mutaxassislardan biridir.

 

Hozir O‘zbekistonning istalgan shahri yoki tumani markaziga borib qarasangiz, o‘nlab, baʼzan yuzlab yoshlar to‘planib allanimalarni qizg‘in muhokama qilayotganiga ko‘zingiz tushadi. Ko‘pincha ular chet tilida gaplashayotgan bo‘ladi. Bu – so‘nggi yillarda butun mamlakat bo‘ylab keng yoyilgan tendensiya, yaʼni yoshlar o‘rtasida ommalashgan xorijiy tillar va IT-sohasini o‘rganish harakati natijasidir.

 

Avval biz bilgan do‘konlar, fast-fud oshxonalari o‘rnini turli-tuman o‘quv markazlari egalladi. Albatta, jarayonning bunday keng ko‘lamga chiqishi o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi va unga muhim omillar turtki berdi:

 

— davlat yoshlarning xorijiy til o‘rganish xarajatlarini qoplab berish mexanizmi orqali moliyaviy motivatsiya bermoqda;

 

— IELTS yoki CEFR sertifikatiga ega bo‘lganlar oliy taʼlimga qabulda katta ustunlikka ega bo‘ladi;

 

— xuddi shunday “qog‘oz”ni qo‘lga kiritgan maktab o‘qituvchilarining oyligi Prezident aytganidek, ming dollargacha yetmoqda. Davlat tashkilotlaridagi til biladigan xodimlar maoshiga ustama qo‘shib berilishini ham aytish kerak.

 

Yaxshi chet tili o‘qituvchisi, sifatli o‘quv materiallari yetishmasligi sharoitida davlat aynan shu yo‘lni tanladi. Yaʼni o‘quv kurslari faoliyatini rag‘batlantirish, onlayn usullarni ommalashtirish kabi yechimlar samara berishni boshladi.

 

Biz bu yerda faqat hukumat tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralarini tilga oldik. Xorijiy tilni mukammal bilgan mutaxassisning internet orqali katta daromad olishi mumkinligi, xizmat pog‘onalari bo‘ylab ko‘tarilish, keng dunyoqarash va bilimlar sari imkoniyatlarning ochilishi singari boshqa “plyus”larni sanamadik.

 

O‘zbekistonda bunday mexanizm Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga muvofiq “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish” bo‘yicha davlat xizmati shaklida ishga tushirilgan.

 

Hammasi oddiy: siz bor bilimingizni sarflaysiz, mehnat qilasiz va IELTS (yoki unga teng CEFR) tizimi bo‘yicha kamida 6,5 ballni qo‘lga kiritasiz. Davlat imtihon uchun sarflagan xarajatingizni qoplab beradi. (British Councilning ayni paytdagi tariflari bo‘yicha 2 million so‘m atrofida). Qo‘shimchasiga, agar abituriyent bo‘lsangiz, ana shu sertifikat sizga OTM imtihonlarida katta ustunlik ham beradi.

 

Maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunga qadar (2023-yil 15-sentabr holatiga) 19 220 nafar yoshlarga 33,3 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ kompensatsiya qilib berildi. (2023-yilning o‘zida 14,7 milliard so‘m).

 

Statistikaga ko‘ra, 15 tadan ortiq xorijiy tillar bo‘yicha “You-Tube” platformasiga joylashtirilgan videodarslar ko‘rganlar soni 14 milliondan oshgan. “Ibrat academy” mobil ilovasi orqali 220 mingdan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

10 yil o‘qib, repetitorga borayotgan bolalar: ayb kimda? | Zamon.uz