O'zbekiston

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi uchun shart qo‘ydi

Endi hammasi AQSHga bog‘liq.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi uchun shart qo‘ydi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an agar AQSH Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni maʼqullasa, Turkiya Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansidagi aʼzoligini ratifikatsiya qilishini aytdi.

 

“Agar AQSH vaʼdalarini bajarsa, parlamentimiz ham o‘z vaʼdasini bajaradi. Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha yakuniy so‘zni Turkiya parlamenti aytadi”, — dedi Erdog‘an.

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan hafta Nyu-Yorkda Shvetsiyaning NATOga aʼzolik arizasini muhokama qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Anqara 2021 yil oktyabr oyida F-16 qiruvchi samolyotlari va ularni modernizatsiya qilish uchun to‘plamlarni so‘ragan edi. Olti milliard dollarlik potensial kelishuv 40 ta qiruvchi samolyotni, shuningdek, 79 ta jangovar samolyot uchun yangilash to‘plamlarini sotishni o‘z ichiga oladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga aʼzo bo‘lishi uchun shart qo‘ydi | Zamon.uz