O'zbekiston

Kompromatuzb ishi bo‘yicha yakuniy hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kompromatuzb ishi bo‘yicha yakuniy hukm o‘qildi

 

Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqador jurnalistlar — Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Mavjuda Mirzayevaga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

26 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Xurshid Daliyev (1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan), Siyovush Hoshimov (1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan), Ahmadullo Ahmadjonov (2004 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) va Mavjuda Mirzayeva (ayol, 1973 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi t. Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

 

Eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

 

Xurshid Daliyev Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandiga asosan jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). x. D. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi umumiy tartibli koloniyalarda o‘ttatirilishi belgilandi.

 

s.x. Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). s.x. Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi umumiy tartibli koloniyalarda o‘ttatirilishi belgilandi.

 

A.A. Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va jinoyat ishining ayrim epizodlari bo‘yicha 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi). Unga nisbatan 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha eʼlon qilingan ayblovning qolgan epizodlari Jinoyat kodeksining 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 1-qismiga qayta malakalandi. Shu tariqa A.A. Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi va 165-moddasi 2-qismi “a”, «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 59-moddasi tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Shu bilan birga jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

 

 

Mazkur hukmdan norozi taraflar Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi maʼlum qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kompromatuzb ishi bo‘yicha yakuniy hukm o‘qildi | Zamon.uz