O'zbekiston

“Mahalla vakillarining yarim vaqti majlislarga ketyapti”

Prezident mahalladagi ortiqcha bo‘g‘inlarni olib tashlash zarurligini aytdi.

“Mahalla vakillarining yarim vaqti majlislarga ketyapti”

 

Mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident ortiqcha bo‘g‘inlarni olib tashlash zarurligini bildirdi.

 

Yig‘ilishda “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari mahalladagi masʼullar tomonidan alohida-alohida yuritilayotgani, ularning vazifalarida ko‘p takrorlanishlar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

“Beshlik” zimmasiga juda ko‘p vazifalar yuklatilgani, mutasaddi rahbarlar esa buni tahlil qilmayotgani, aniq ish metodikasi ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

 

“Mahallaga topshiriq ham, ulardan so‘rov ham haddan tashqari ko‘p. Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qog‘oz” to‘ldirish va majlislarga ketyapti”, - dedi davlat rahbari.

 

Baʼzi hollarda ehtiyojmand aholining masalasini tez hal qilish uchun berilgan mablag‘larni ajratish qarori viloyat va tuman tashkiloti, ayrimlarida respublika idorasiga bog‘lanib qolgani taʼkidlandi.

 

Bu ortiqcha bo‘g‘inlarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Mahalla vakillarining yarim vaqti majlislarga ketyapti” | Zamon.uz