O'zbekiston

Nagoya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

Bugungi kunda O‘zbekistonning turli xorijiy mamlakatlarda 40 ga yaqin faxriy konsulliklari faoliyat yuritmoqda.

Nagoya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

 

Nagoya shahrida O‘zbekiston faxriy konsulligi ochildi. Faxriy konsullikning ochilish marosimida O‘zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli etib tayinlangan IM Corporation kompaniyasi maslahatchisi, "Nagoya-O‘zbekiston" do‘stlik assotsiatsiyasi maslahatchisi Xiroyuki Itoga tegishli konsullik patenti tantanali topshirildi.

 

O‘zbekistonning Tokiodagi diplomatiya vakolatxonasi maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda so‘zga chiqqan Yaponiya tomoni vakillari yangi tashkil etilgan O‘zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsulligi prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Nagoya shahriga tashrifining amaliy natijalaridan biri bo‘lganini qayd etdi. 

 

Yaponiya parlamenti quyi palatasi Qonunchilik va sud masalalari qo‘mitasining raisi Tadaxiko Ito Aichi prefekturasida istiqomat qilayotgan 500 nafardan ortiq vatandosh va yapon turistlarini O‘zbekistonga keng jalb qilish maqsadida Faxriy konsullik bilan birgalikda "Nagoya-Toshkent" havo qatnovlarini tiklash va charter qatnovlarini ishlab chiqishga ehtiyoj katta ekanini aytdi.

 

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonning turli xorijiy mamlakatlarda 40 ga yaqin faxriy konsulliklari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nagoya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi | Zamon.uz