O'zbekiston

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni qisqartirilmoqda

Bunda Spikerning o‘rinbosarlari fraksiya aʼzosi bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni qisqartirilmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning AQSHga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi, tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammitida ishtiroki, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarining ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yayotgani va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan chuqur eʼtirof etilayotgani taʼkidlandi. Davlatimiz rahbarining tarixiy nutqida ilgari surilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, partiya va uning fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

Shundan so‘ng, deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qildilar.

 

Ushbu qonun loyihasi bilan Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan 13 ta qonun va 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda. Bunda Spikerning o‘rinbosarlari fraksiya aʼzosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi aʼzolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda.

 

Loyihadagi ushbu normalar fraksiya aʼzolarining qizg‘in munozaralariga sabab bo‘ldi. Ayrim deputatlarning fikricha, fraksiya rahbarlarining hozirda Spiker o‘rinbosarlari lavozimida faoliyat yuritishlari keyinchalik ham qoldirilishi kerak va bu masʼuliyatni taʼminlaydi.

 

Qonun tashabbuskorlarining qayd etishicha esa Spiker o‘rinbosarlarining fraksiya aʼzosi bo‘lishi mumkin emasligi, eng avvalo, ularning xolisligini taʼminlaydi, shu bilan birga, partiyalar, fraksiyalar mustaqilligini kafolatlab, ularning faoliyatini yana-da kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha turli savollar ko‘tarildi. Qizg‘in baxs-munozalardan so‘ng, qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni qisqartirilmoqda | Zamon.uz