O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari tartibi o‘zgardi

Ikki mamlakat o‘rtasida 2024 yilda ayirboshlanadigan ruxsatnoma blankalarining kvotasi belgilandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari tartibi o‘zgardi

 

​​O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlashga kelishib oldi.

 

Xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston — Ozarbayjon qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarining bugungi holati, tomonlar milliy tashuvchilari duch kelayotgan muammolar va ularni hal etish, har ikki tomon tashuvchilari uchun teng imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq masalalar hamda xorijiy ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi ko‘rib chiqildi.

 

“Yig‘ilishda 2023-yil uchun qo‘shimcha ikki tomonlama ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hamda 2024 yilda ayirboshlanadigan ruxsatnoma blankalarining kvotasi belgilandi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida.

 

Shuningdek, 2024-yildan eʼtiboran davlatlar o‘rtasidagi ruxsatnoma blankalari turlari tranzit, ikki tomonlama va uch tomonlamaga ajratildi.

 

Xabarda Transport vazirligi milliy tashuvchilardan joriy yilning yanvar oyidan boshlab olingan xorijiy ruxsatnoma blankalarini maqsadli ishlatib, qaytarishlarini so‘ragan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari tartibi o‘zgardi | Zamon.uz