Toshkent–Mayami o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Bu haqda Tpansport vazirligi xabar berdi.

Toshkent va Mayami o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev AQSHga safari chog‘ida Mayami xalqaro aeroportining marketing va savdo bo‘yicha direktori Emir Peneda bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi.







