Yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni eʼlon qilindi

Kecha, 26 sentyabr kuni Prezident farmoni bilan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatiladi va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.







